Edin Djeko Shalke safida dubl qayd etdi

Bosniyalik hujumchi Edin Djeko futbol mezonlari bo‘yicha ancha tajribali yoshiga qaramay, gol urish mahoratini yo‘qotmaganini yana bir bor isbotladi. Yangi jamoasi — «Shalke» safidagi debyut uchrashuvida hisobni ochgan forvard bu safar Drezdenning «Dinamo» darvozasiga ikki bor yo‘l topib, dubl muallifiga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ammo Djeko urgan gollar «Shalke»ga g‘alaba keltirmadi: mehmonlar o‘yinning so‘nggi 12 daqiqasida vaziyatni o‘zgartirib, hisobni tenglashtirishga erishdi. Natijada «Shalke» Germaniya ikkinchi divizioni turnir jadvalida peshqadamlikni «Darmshtadt»ga boy berdi. Keyingi turda esa jamoani «Holshteyn»ga qarshi uchrashuv kutib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing