Al-Nasr Ronaldu talablarini bajarib, kelishuvga erishdi

Krishtianu Ronaldu norozilik aksiyasini yakunlash arafasida. Kutilishicha, portugaliyalik yulduz hafta oxirida Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
A Bola xabariga ko'ra, «Al-Nasr» rahbariyati Ronaldu bosimi fonida ikki muhim masalani hal qildi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni to'liq yopdi. Shuningdek, Ronalduga yaqin bo'lgan sport bo'limidagi vakillar — Joze Semedu va Simao Kontinyo — o'z vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq bu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasi jarayonida muhim qarorlarda cheklovlarga duch kelgandi.
Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!