date

Ronalduning sukuti buzildi va u bazadan foto ulashdi

Ronalduning sukuti buzildi va u bazadan foto ulashdi

Krishtianu Ronaldu so‘nggi uchrashuvlarda «Al-Nasr» safida ko‘rinish bermadi. Shuningdek, portugaliyalik yulduz ketma-ket besh kun davomida ijtimoiy tarmoqlarda ham hech qanday post qoldirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Seshanba kuni 41 yoshli futbolchi nihoyat jimlikni buzdi. Ronaldu klub bazasida olingani taxmin qilinayotgan suratni e’lon qildi va unda ikki barmog‘ini yuqoriga ko‘tarib, mashhur ishorani ko‘rsatdi. Besh karra «Oltin to‘p» sohibi post tagiga aynan shu ishoraga mos emodzi ham qo‘shib qo‘ydi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Ronaldu klub uning ayrim talablarini bajarganidan keyin boykotni yakunlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ayni paytda «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Al-Hilol» esa undan bir ochko oldinda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning sukuti buzildi va u bazadan foto ulashdi