Naumov Mourinyu uchun Saudiya Arabistonini mos ko'rdi

«Lokomotiv»ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyati uchun qaysi chempionat qulayroq bo‘lishi mumkinligini aytdi. U bu fikrlarini «Yevro-Futbol.Ru»ga bergan intervyusida bildirib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning ta’kidlashicha, Mourinyuning eng kuchli davri ortda qolgan va unga tanaffus foydali bo‘lardi. Ekspert fikricha, avval sirli, kutilmagan va o‘ziga xos uslubi bilan tanilgan portugaliyalik mutaxassis hozirda oddiyroq va o‘rtacha darajadagi murabbiy sifatida ko‘rinmoqda.
Naumov Mourinyu uchun eng mos yo‘nalish sifatida Saudiya Arabistoni chempionatini tilga oldi. Uning aytishicha, u yerda maoshlar yuqori, shov-shuvlar ham yetarli, shuningdek, tajribali va yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati bor.
Mourinyu boshqaruvidagi «Benfika» Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning «Real»iga qarshi maydonga tushadi. Ilk uchrashuv 17 fevral kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!