date

Panenka o‘z uslubidagi penalti haqida fikr bildirdi

Panenka o‘z uslubidagi penalti haqida fikr bildirdi

Antonin Panenka «panenka» uslubida tepilan penalti raqibni mensimaslik degan qarashga qo‘shilmasligini aytdi. Chex futbol afsonasi bu zarbani ilk bor 1976 yilgi Yevropa chempionati finalida qo‘llagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Panenka Cadena SER radiosining El Larguero dasturida o‘sha vaziyatda kimnidir masxara qilishni emas, eng ishonchli yo‘l bilan gol urishni o‘ylaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, final kabi o‘yinlarda futbolchi raqib ustidan kulish haqida emas, jamoasi uchun natija qilish haqida bosh qotiradi.

Shuningdek, u futbolni chin dildan sevishini va hech qachon hech kimni kamsitishni istamaganini qayd etdi. Panenka nazarida, «panenka» — o‘sha pallada gol urishning eng maqbul usuli bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Panenka o‘z fikrini bildirib, nima sababdan Braim Dias Afrika Millatlar kubogi finalida «panenka» uslubida gol ura olmaganini ham izohlagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Panenka o‘z uslubidagi penalti haqida fikr bildirdi