Naumov Mourinyoga Saudiya ligasini munosib manzil dedi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning kelajak faoliyati haqida fikr bildirdi. U “Yevro-Futbol.Ru”ga bergan intervyusida portugaliyalik mutaxassisga qaysi chempionat mos tushishini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning ta’kidlashicha, Mourinyoning eng yorqin davri ortda qolgan. Ekspert fikricha, avvallari sirli va kutilmagan uslubi bilan ajralib turgan murabbiy hozir futbol rivojidan biroz ortda qolgandek ko‘rinadi va natijada odatiyroq ko‘rinishga kelib qolgan.
Shu sabab u Mourinyoga Saudiya Arabistonini eng maqbul variant sifatida ko‘rsatdi. Naumov u yerda maoshlar yuqori ekani, shov-shuvlarni yaxshi ko‘rishlari va yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati borligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyo boshqaruvidagi “Benfika” Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real”iga qarshi maydonga tushadi. Ilk uchrashuv 17 fevral kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!