date

Barselona Kristensenga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Barselona Kristensenga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

“Barselona” sport direktori Deko himoyachi Andreas Kristensenga yangi shartnoma taklif etilishini rasman tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dekoning aytishicha, klub futbolchini noqulay vaziyatda qoldirmoqchi emas: u jarohati sabab mavsum oxirigacha maydonga qaytishi qiyin bo‘lishi mumkin. Shu bois kataloniyaliklar Kristensenga adolatli va qabul qilsa bo‘ladigan variantni taqdim etishni ko‘zlamoqda. Taklifdan so‘ng futbolchi kelajagi borasida qarorni mustaqil qabul qiladi — u klubda qolishga majbur emas.

Andreas Kristensen 2022 yilda “Chelsi”dan erkin agent sifatida “Barselona”ga kelib qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda daniyalik futbolchi 17 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. Hozir u bog‘lam uzilishi bilan bog‘liq jarohatdan tiklanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Kristensenga yangi shartnoma taklif qilmoqchi