date

Oq uydagi UFC kechasida Topuriya va Getji to‘qnashadi

14 iyundan 15 iyunga o‘tar kechasi UFC tarixida alohida o‘rin egallashi mumkin bo‘lgan katta turnir bo‘lib o‘tadi. Jang kechasi Oq uyda tashkil etilishi rejalashtirilgani uning ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Oqshomning asosiy jangi yengil vazn toifasida amaldagi chempion Iliya Topuriya va vaqtinchalik kamar sohibi Jastin Getji o‘rtasida kechadi. Bu to‘qnashuv muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda. Chunki Topuriya o‘z chempionlik maqomini himoya qilishga intilsa, Getji yana bir bor o‘zining kuchli zarbalari va jangovor xarakteri bilan kamar uchun kurashadi.

Turnirning ikkinchi markaziy jangi ham intrigaga boy. Braziliyalik Aleks Pereyra bu safar og‘ir vazn toifasida oktagonga ko‘tariladi. “Poatan” vaqtinchalik chempionlik kamari uchun fransiyalik Siril Gan bilan kuch sinashadi.

Agar Pereyra ushbu bahsda g‘alaba qozonsa, u UFC tarixida uch vazn toifasida kamarga ega chiqqan jangchiga aylanadi. Bu esa uning karyerasidagi eng yirik yutuqlardan biri bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, ushbu jang kechasida Shon O'Melli, Maykl Chendler, Derrik Lyuis va UFC'ning boshqa taniqli jangchilari ham oktagonga chiqishi rejalashtirilgan. Shu bois turnir muxlislar uchun yilning eng shov-shuvli voqealaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Qisqasi, Oq uydagi UFC kechasi oddiy turnir emas, tarixiy shou bo‘lishga yaqin. Topuriya — Getji, Pereyra — Gan, yana O'Melli va Chendler ham bor. Bu kardda popkorn emas, asab kerak bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Oq uydagi UFC kechasida Topuriya va Getji to‘qnashadi