date

Diskret grafikasisiz 4000 dollar: AMD Ryzen AI Halo narxi maʻlum boʻldi

Diskret grafikasisiz 4000 dollar: AMD Ryzen AI Halo narxi maʻlum boʻldi

AMD kompaniyasi Ryzen AI Halo platformasiga asoslangan ixcham mini-PKni chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda va uning narxi nihoyat ochiqlandi. 128 GB tezkor xotiraga ega boʻlgan qurilma varianti 4000 dollarga tushadi. Keyinchalik 192 GB operativ xotirali versiyasi ham vaʻda qilingan, biroq u yanada qimmatroq boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu kompyuterda diskret grafika mavjud emas, biroq u oʻzining kuchli ichki imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Tizim Strix Halo oilasiga mansub, 16 yadroli eng yuqori darajali AMD Ryzen AI Max+ 395 protsessori, Radeon 8060S oʻrnatilgan grafikasi va 50 TOPS unumdorlikka ega XDNA 2 NPU bloki bilan jihozlangan.

GPU unumdorligi 60 TFLOPS gacha yetadi, bu esa optimallashtirilgan holatda 200 milliard parametrli yirik sunʻiy intellekt (AI) modellarini lokal ravishda ishga tushirish imkonini beradi. Qurilma taxminan 150×150×43 mm oʻlchamdagi ixcham korpusda ishlab chiqarilgan boʻlib, energiya isteʻmoli 120 W atrofida.

Mini-PK Windows va Linux operatsion tizimlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, u Wi-Fi 7 va 10 Gbit/s tezlikdagi Ethernet kabi zamonaviy interfeyslar bilan taʻminlangan. Ryzen AI Halo qurilmasi NVIDIA DGX Spark tizimiga muqobil boʻlishi kutilmoqda.

AMD oʻzining x86 arxitekturasi, Windows ekotizimi bilan mosligi va toʻliq ROCm steki orqali bozorda ustunlikka erishishni koʻzlamoqda. Bu kabi texnologiyalar sunʻiy intellekt bilan ishlovchi dasturchilar va muhandislar uchun moʻljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Diskret grafikasisiz 4000 dollar: AMD Ryzen AI Halo narxi maʻlum boʻldi