Naumov Mourinyu uchun Saudiya ligasini mos ko'rdi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan chempionat haqida fikr bildirdi. U bu haqdagi mulohazalarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning ta’kidlashicha, Mourinyuning eng yuqori darajadagi davri ortda qolgan: mutaxassis unga bir muddat tanaffus qilish kerakligini, futbol tendensiyalaridan biroz ortda qolganini qayd etdi. Uning fikricha, avvallari sirli va kutilmagan yechimlari bilan ajralib turgan murabbiy hozir oddiyroq ko‘rinishga kelib qolgan.
Naumov Mourinyu uchun eng maqbul yo‘l sifatida Saudiya Arabistoni chempionatini tilga oldi. U yerda maoshlar yuqori ekani, shov-shuv va janjallarni yoqtirishlari, shuningdek, katta nomga ega yoshi katta futbolchilar bilan ishlash imkoniyati borligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyu boshqaruvidagi “Benfika” Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real” klubiga qarshi maydonga tushadi. Ilk uchrashuv 17 fevral kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!