Naumov Mourinyu uchun Saudiya ligasi mos deb hisoblaydi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatini qaysi chempionatda davom ettirgani ma’qul ekanini aytdi. U bu boradagi fikrlarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning ta’kidlashicha, Mourinyuning eng kuchli davri ortda qolgan va unga tanaffus kerak. Ekspert fikricha, portugaliyalik mutaxassis avvallari sirli, kutilmagan va o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turgan bo‘lsa, hozir esa oddiyroq, “o‘rtamiyona” murabbiyga aylangan.
Naumov Mourinyu uchun eng qulay yo‘nalish sifatida Saudiya Arabistoni chempionatini tilga oldi. Uningcha, u yerda maoshlar yuqori, shov-shuvlar ko‘p bo‘ladi va tajribali, yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati ham bor.
Mourinyu boshqaruvidagi “Benfika” Yevropa Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real” klubiga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17-fevral kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!