SpaceX IPO arizasi: Elon Musk, sunʼiy intellekt va Starship rejalari

1 daqiqa o'qish268
SpaceX IPO arizasi: Elon Musk, sunʼiy intellekt va Starship rejalari
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Elon Musk asos solgan SpaceX aerokosmik kompaniyasi o'zining IPO arizasini e'lon qildi va joriy yil oxirida Nasdaq birjasida “SPCX” tikeri ostida savdoga chiqishi kutilmoqda.
  • Kompaniya 75 milliard dollar mablag' jalb qilishni ko'zlagan bo'lib, uning umumiy qiymati 1,75 trillion dollarga baholanishi mumkin va Elon Musk birjaga chiqqanidan so'ng ham bosh direktor, texnik direktor hamda direktorlar kengashi raisi lavozimlarida qoladi.

Elon Musk tomonidan 24 yil avval asos solingan SpaceX aerokosmik kompaniyasi nihoyat oʻzining IPO (aksiyalarni ommaviy joylashtirish) arizasini eʼlon qildi. Kompaniya birjaga chiqqanidan soʻng ham Musk uning markazida bosh direktor (CEO), texnik direktor (CTO) va direktorlar kengashi raisi sifatida qoladi. Chorshanba kuni bozorlar yopilgandan keyin eʼlon qilingan hujjatlar SpaceX shunchaki qayta foydalaniladigan raketalar ishlab chiqaruvchisi emas, balki sunʼiy intellekt va sunʼiy yoʻldoshlar bilan shugʻullanuvchi yirik texnologik konglomeratga aylanganini koʻrsatmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniya joriy yil oxirida Nasdaq birjasida “SPCX” tikeri ostida savdoga chiqishi kutilmoqda. Bu tarixdagi eng yirik IPO boʻlishi prognoz qilinmoqda: kompaniya 75 milliard dollar mablagʻ jalb qilishni koʻzlagan, uning umumiy qiymati esa 1,75 trillion dollarga baholanishi mumkin. Hozirda dunyoning eng qimmat ommaviy kompaniyasi maqomini 5,4 trillion dollarlik bozor kapitallashuvi bilan NVIDIA egallab turibdi.

S-1 shaklidagi hisobot SpaceX biznesining moliyaviy holatini ham ochiqladi. 2025-yilda kompaniya 18 milliard dollardan ortiq daromad koʻrgan boʻlsa-da, 4,9 milliard dollar zarar koʻrgan. Daromadning yarmidan koʻprogʻini (taxminan 11 milliard dollar) Starlink sunʼiy yoʻldosh interneti taʼminlagan. Shuningdek, Elon Musk tomonidan asos solingan va yaqinda SpaceX tarkibiga qoʻshilgan xAI kompaniyasi ham katta xarajatlar talab qilmoqda. 2025-yilda SpaceX oʻz kapital xarajatlarining 60 foizini (taxminan 20 milliard dollar) aynan sunʼiy intellekt boʻlimiga yoʻnaltirgan.

SpaceX oʻz kelajagini Starship ogʻir raketasining muvaffaqiyatiga bogʻlamoqda. Kompaniya ushbu raketa yordamida 2026-yilning ikkinchi yarmidan boshlab orbitaga yuk yetkazib berishni va Starlink sunʼiy yoʻldoshlarini uchirishni rejalashtirgan. Shuningdek, arizada insoniyat tarixidagi eng yirik bozor imkoniyati — 28,5 trillion dollarlik potensial haqida soʻz boradi, shundan 22,7 trillion dollari aynan sunʼiy intellektning korporativ ilovalariga toʻgʻri kelishi taʼkidlangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?