Marsel bosh murabbiylik uchun Habib Beyeni ham ko'rib chiqmoqda

Fransiyaning “Marsel” klubi Roberto De Dzerbini iste’foga chiqarganidan so‘ng bosh murabbiy masalasida yangi nomzodlarni izlashda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Foot Mercato xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida ishlayotgan Serjiu Konseysau bilan bir qatorda, marselliklar Habib Beye variantini ham muhokama qilmoqda.
Beye yaqinda “Renn”da bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. U 9 fevral kuni so‘nggi to‘rt uchrashuvdagi qoniqarsiz natijalar ortidan lavozimidan chetlatildi.
Hozirda “Marsel” chempionat jadvalida 21 turdan keyin 39 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Undan yuqorida “Lion” (42), “Lans” (49) va “PSJ” (51) joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing