Marsel De Dzzerbi o'rniga yana bir nomzodni ko'rib chiqmoqda

Fransiyaning «Marsel» klubi Roberto De Dzzerbi bilan xayrlashganidan so'ng bosh murabbiylik bo'yicha qidiruvni davom ettirmoqda va italiyalik mutaxassis o'rniga yana bir nomzodni ro'yxatga qo'shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Foot Mercato xabariga ko'ra, Marsel rahbariyati Saudiy Arabistonida ishlayotgan Serjiu Konseysau variantidan tashqari, Habib Beye nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.
Beye yaqinda «Renn»da bosh murabbiy bo'lib ishlagan. U 9-fevral kuni jamoaning so'nggi to'rtta uchrashuvdagi qoniqarsiz natijalari ortidan lavozimidan chetlashtirilgan.
Hozirda «Marsel» chempionat jadvalida 21 o'yindan keyin 39 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. Uning oldida «Lion» (42), «Lans» (49) va «PSJ» (51) joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing