date

Jezush Ronalduning o'yinni o'tkazib yuborish sababini aytdi

Jezush Ronalduning o'yinni o'tkazib yuborish sababini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chorshanba kuni Ar-Riyod klubi OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning ta'kidlashicha, jamoa tig'iz taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarni asrashga qaror qilgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin borligini eslatib o'tdi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda aytilishicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda ilk bor qatnashmayotgani yo'q.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduning o'yinni o'tkazib yuborish sababini aytdi