date

Naumov Mourinyu uchun Saudiya ligasini mos ko'rdi

Naumov Mourinyu uchun Saudiya ligasini mos ko'rdi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatini davom ettirishiga qaysi chempionat mos tushishi haqida fikr bildirdi. U bu boradagi mulohazalarini “Yevro-Futbol.Ru”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Naumovning ta’kidlashicha, Mourinyuning eng yorqin davri ortda qolgan: ekspert murabbiy futbol rivojidan biroz ortda qolgani, avvalgi sirli va kutilmagan uslub o‘rnini esa hozirda oddiyroq yondashuv egallaganini qayd etdi.

Unga ko‘ra, Mourinyu uchun eng qulay manzil Saudiya Arabistoni bo‘lishi mumkin. Naumov bu yerda maoshlar yuqoriligi, shov-shuv va bahsli voqealar ko‘p uchrashi, shuningdek tajribali va yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati borligini alohida ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyu boshchiligidagi “Benfika” Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real”iga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17-fevral kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Naumov Mourinyu uchun Saudiya ligasini mos ko'rdi