Naumov Mourinyoga Saudiya ligasini tavsiya qildi

"Lokomotiv"ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning kelajagi haqida fikr bildirdi. U "Yevro-Futbol.Ru"ga bergan intervyusida portugaliyalik mutaxassisga qaysi chempionat mos tushishini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning ta'kidlashicha, Mourinyoning eng yorqin davri ortda qolgan: uning fikricha, murabbiyga tanaffus kerak va u zamonaviy futbol talablari bilan hamnafas bo'la olmay qolgan. Ekspert Mourinyoni avvallari sirli va kutilmagan qarorlari bilan ajralib turadigan mutaxassis sifatida ko'rganini, hozir esa u oddiyroq ko'rinishga kelib qolganini qayd etdi.
Naumov nazarida Mourinyoga eng mos yo'nalish — Saudiya Arabistoni. U yerda maoshlar yuqori, shov-shuvlar doim diqqat markazida bo'ladi va tajribali, yoshi katta yulduzlar bilan ishlash imkoniyati ko'proq, dedi u.
Mourinyo boshqaruvidagi "Benfika" Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning "Real" klubiga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17-fevral kuni Portugaliyada bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!