UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun to'pni tanishtirdi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yaqinda yakunlandi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 finalga yo'llanma beradigan sakkizta o'rinni talashadi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa allaqachon 1/8 finalga to'g'ridan to'g'ri chiqib bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun maxsus to'pni rasman taqdim etdi. U qoramtir ranglarda ishlangan bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapeshtda o'tkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 mayda bo'lib o'tadi.
Hozircha turnirning amaldagi g'olibi — PSJ. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni imkoniyatsiz qoldirib, 5:0 hisobida yirik g'alabaga erishgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!