Jezush Ronaldu nega o'ynamasligini ochiqladi u dam oladi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni nega o'tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz forvard boykotdan keyin tez orada qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham qaydnomadan joy olmadi.
"Taqvim juda tig'iz. Shu sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qildik — oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim o'yin bor", — dedi Jezush. "Ronaldu dam olishi yangilik emas: Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan bahslarda u avval ham bir necha bor maydonga tushmagan", — deya murabbiy so'zlarini "Al Nassr Zone" keltirdi.
Saudiya chempionatidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!