Djikija Antalyaspor dagi holati haqida fikr bildirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikija Turkiya klubidagi holati yuzasidan berilgan savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e’lon qilingan videoda namoyish etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Djikijidan jamoada ishlari qanday ketayotgani so‘ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, Turkiyadagi sharoitlar ko‘nglidagidek ekanini tabassum bilan tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Djikija «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgandi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘ldi.
Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!