Iroqda maktab imtihonlari sababli butun mamlakatda internet oʻchirildi

Iroqda keng koʻlamli internet uzilishi sodir boʻldi: mamlakatning shimoliy hududlaridan tashqari deyarli barcha qismlarida aloqa taxminan ikki soatga butunlay toʻxtatildi. Bu haqda tarmoq monitoringi bilan shugʻullanuvchi NetBlocks xizmati xabar bermoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlum qilinishicha, bunday cheklovlar muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda va bu bevosita maktab imtihonlari davri bilan bogʻliq. Rasmiylar ushbu chorani imtihon savollari sizib chiqishining oldini olish va oʻquvchilarning koʻchirishiga yoʻl qoʻymaslik zarurati bilan izohlashmoqda.
Biroq, bu amaliyot jamoatchilik va ekspertlar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Qisqa muddatli boʻlsa-da, ommaviy ravishda internetning oʻchirilishi nafaqat oʻquvchilarga, balki biznes tuzilmalari, onlayn-servislar va oddiy foydalanuvchilarga ham jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bunday uzilishlar iqtisodiy yoʻqotishlarga va raqamli xizmatlar ishida texnik nosozliklarga olib keladi. Eslatib oʻtamiz, avvalroq Eron hukumati suv osti internet kabellari uchun maxsus yigʻimlar joriy etish masalasini koʻrib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!