Messi JCh-2026da Argentina uchun o'ynamasligi mumkin

Lionel Messi kelasi yoz bo'lib o'tadigan 2026 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida maydonga tushmasligi ehtimoli bor. The Touchline xabariga ko'ra, 38 yoshli hujumchi mundialga bormaslik variantini ham rad etmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada aytilishicha, hammasi Messining jismoniy holatiga bog'liq bo'ladi. Agar u o'zini 100 foiz tayyorman, deb his qilmasa va hatto juda kichik pasayish sezsa, mundialga yo'l olmaslikka qaror qilishi mumkin.
Messi MLS darajasini jahon chempionatiga eng yuqori sport formasida yetib borish uchun yetarlicha raqobatli deb hisoblamaydi. Shu sabab u bu omilni faqat to'liq jismoniy tayyorgarlik bilan qoplash kerakligini tushunadi.
JCh-2026da Argentina amaldagi chempion sifatida qatnashadi. Qatarda o'tgan so'nggi mundial finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida mag'lub etib, kubokni qo'lga kiritgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!