date

Bolonya Santyago Kastro bilan shartnomani uzaytirdi

Bolonya Santyago Kastro bilan shartnomani uzaytirdi

Italiyaning “Bolonya” klubi argentinalik hujumchi Santyago Kastro bilan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 yoshli forvard bilan yangi kelishuv 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Kastro “Bolonya” safida 2024 yil yanvaridan beri to‘p surib kelmoqda.

Mavsumning birinchi qismida hujumchi 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

A Seriyada 24 turdan keyin “Bolonya” 30 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 15 fevral kuni safarda “Torino”ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bolonya Santyago Kastro bilan shartnomani uzaytirdi