Kurtua Benfika bilan bahs oldidan boshqacha natija kutmoqda

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi bo‘ladigan qarama-qarshilik oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoalar umumiy bosqichning so‘nggi turida ham to‘qnash kelgandi va o‘sha bellashuv “qaymoqranglilar” uchun og‘ir yakunlangan: 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat “Real”ni 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmadan mahrum qilgan. Endi esa styk bosqichida Alvaro Arbeloa jamoasi “burgutlar” bilan yana yuzma-yuz keladi.
“Lissabondagi o‘yin juda qiyin bo‘lgandi. Bu stadionda g‘alaba qozonish oson emas. O‘sha kuni biz eng yaxshi futbolimizni ko‘rsata olmadik, ammo xatolardan saboq oldik. Bu safar hammasi boshqacha bo‘ladi, chunki oldinda “Bernabeu”da javob uchrashuvi borligini bilamiz”, — dedi Kurtua intervyusida.
Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Lissabonda, javob o‘yini esa 25 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!