Al-Nasr murabbiyi Ronalduning dam olishini tasdiqladi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomada bo‘lmaydi.
«Zich taqvim sabab Ronalduga ham, asosiy tarkibdagi boshqa futbolchilarga ham dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim uchrashuv turibdi», — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Mutaxassis ta’kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarda avval ham bir necha bor ishtirok etmagan.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsi shanba kuni, 14-fevralda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!