date

O‘zbekistonda Qurbon hayiti kuni rasman e’lon qilindi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti kuni rasman e’lon qilindi

O‘zbekistonda bu yil muborak Qurbon hayiti 27 may kuni nishonlanishi rasman tasdiqlandi. Bu haqda 20 may kuni Prezidentning “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, mamlakatda tinchlik-osoyishtalik, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2026 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 27 may — chorshanbaga to‘g‘ri kelishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi hamda ushbu sana bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan Qurbon hayitining birinchi kuni rasman ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Prezidentning 2025 yil 24 dekabrdagi PF–257-sonli farmoniga muvofiq, qo‘shimcha dam olish kunlari ham belgilangan.

Jumladan:

— barcha xodimlar uchun 28 may — payshanba va 29 may — juma qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi;
— olti kunlik ish haftasida mehnat qiladiganlar uchun 30 may — shanba ham dam olish kuni etib belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Qurbon hayiti kuni rasman e’lon qilindi