Kunyaa g'alabalar seriyasi uchun soch oldirmaydigan fanga munosabat bildirdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Mateus Kunyaa klub muxlisi jamoa ketma-ket besh uchrashuvda g'alaba qozonmaguncha sochini oldirmaslikka qaror qilgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, "Qizil iblislar" qariyb 500 kundan beri beshta o'yinni ketma-ket yutolmayapti. Shu sababli Frenk Aylett ismli fanat ham shu vaqt davomida sochini o'stirib kelmoqda.
Kunyaa RomarioTV'ga bergan intervyusida bu holat atrofida haddan tashqari shov-shuv ko'tarilayotganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, ko'pchilik jamoaning natijasidan ko'ra muxlisning soch turmagiga ko'proq qiziqmoqda, o'zi esa faqat ochkolar muhimligini, bu mavzu ba'zan tilga olinishi mumkin bo'lsa-da, futbolchilarni u qadar ruhlantirmasligini qayd etdi.
23-fevral kuni Maykl Karrik jamoasi safarda "Everton"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!