Ermakov Trubinning Real darvozasiga urgan golini hayrat bilan esladi

«Pari NN» yarim himoyachisi Nikita Ermakov «Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubinning «Real»ga qarshi o'yinda urgan goli uni qanday taassurotga solganini aytib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining 8-turida Trubin qo'shib berilgan daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qilgan va aynan shu gol portugaliyaliklarga pley-off bosqichiga chiqishda katta yordam bergan.
Ermakovning fikricha, bu epizod kinodagidek ko'ringan: u bunday holatni avval hech qachon ko'rmaganini ta'kidladi. Uning aytishicha, bunday voqea o'zi uchun ham qo'shimcha motivatsiya bo'lib xizmat qiladi.
Qur'a natijalariga ko'ra, «Real» va «Benfika» Chempionlar ligasi pley-offining stykovoy raundida yana to'qnash keladi. Birinchi uchrashuv 17 fevral kuni Lissabonda, javob o'yini esa 25 fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!