Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga tushishga qaror qildi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda jamoasiga yordam beradigan bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionatidagi so'nggi ikki o'yinda maydonga tushmagan edi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, Ronaldu shanba kuni “Al-Fateh”ga qarshi bahsda o'ynashga tayyor. Futbolchi jamoa bilan birga uchrashuv bo'lib o'tadigan El-Hasaga allaqachon yetib borgan.
O'yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozirda “Al-Nasr” Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing