date

Kairat himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashganini aytdi

Kairat himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashganini aytdi

Qozogʻistonning «Kairat» klubida toʻp surayotgan himoyachi Aleksandr Martynovich UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi uchrashuvidan soʻng Madridning «Real» jamoasi yulduzi Kilian Mbappe bilan futbolka almashgani haqida esladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, oʻyin tugagach, stadionning ichki qismida u Mbappedan futbolkasini soʻragan va hujumchi bunga darhol rozi boʻlgan. Martynovich keyin oʻz futbolkasini ham taklif qilgan, Mbappe esa uni ham mamnuniyat bilan olganini «Match TV» efirida maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, «Kairat» va «Real» oʻrtasidagi uchrashuv oʻtgan yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan. Madrid klubi qozogʻistonlik raqibini 5:0 hisobida yirik magʻlub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kairat himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashganini aytdi