Ronalduning qaytishi gol va post bilan belgilandi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytgan o‘yinini gol bilan bezab, bu voqeani ijtimoiy tarmoqlardagi posti orqali ham alohida ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki uchrashuvda qatnashmagan edi. Biroq qaytishi bilan darhol o‘z so‘zini aytdi: «Al-Fateh» darvozasini 18-daqiqadayoq ishg‘ol qildi. Uchrashuv «Al-Nasr»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yin tugaganidan ko‘p o‘tmay, 41 yoshli hujumchi: «Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak», — deya yozdi.
Er-Riyod klubi Saudiya ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing