Martynovich Haverts bilan uchrashuvdagi kulgili suhbatni esladi

«Qayrat» futbolchisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yindan keyin raqib hujumchisi Kayu Haverts bilan bo‘lgan qiziqarli muloqoti haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, londonlylar futbolchisi Martynovichning yuzini qayerdadir ko‘rgandek bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Martynovichning so‘zlariga ko‘ra, Haverts: «Nimadir seni juda tanishdek ko‘ryapman», degan. Shunda Aleksandr avvalroq «Bayer»ga qarshi o‘ynab, uni musobaqadan chiqarib yuborishganini, keyin esa Haverts «Chelsi»da bo‘lgan paytda ham maydonda bir necha bor to‘qnash kelishganini eslatgan.
Shuningdek, himoyachi o‘z kolleksiyasida Havertsning o‘yin futbolkasi ham borligini aytib o‘tdi. Martynovich avvalroq Rossiyada «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» safida ham to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Qayrat» yanvar oxirida Chempionlar ligasining umumiy bosqichi so‘nggi turida uchrashgan. London klubi o‘z maydonida 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!