date

Ronaldu qaytdi va gol urib buni nishonladi

Ronaldu qaytdi va gol urib buni nishonladi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytgan o'yinida gol urib, bu voqeani ijtimoiy tarmoqlardagi posti bilan e'tirof etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi, biroq qaytishi bilan darhol o‘zini ko‘rsatdi: u «Al-Fateh» darvozasini 18-daqiqada ishg‘ol qildi. Bahs «Al-Nasr»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdan so‘ng 41 yoshli hujumchi «Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak», deya yozdi.

Ar-Riyod klubi Saudiya ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu qaytdi va gol urib buni nishonladi