Perreyn goli «Lill»ni «Brest»ga yutqazishdan saqlab qoldi

Inqirozdan endigina chiqib kelayotgan «Lill» o'z maydonida «Brest»ni qabul qildi va uchrashuv murosaga yaqin kechdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
58-daqiqada Remi Laskari jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan aniq zarba bilan hisobni ochdi — 0:1. «Lill» tez orada javob qaytardi: Felish Korreya uzatmasidan so'ng Gaetan Perreyn gol urib, muvozanatni tikladi — 1:1.
Durrangdan keyin «Lill» turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarildi, «Brest» esa 12-pog'onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing