date

Yelagin Ronaldu boykotdan keyin qaytdi va gol urdi

Yelagin Ronaldu boykotdan keyin qaytdi va gol urdi

Saudiya Arabistoni chempionati 22-turida “Al-Nasr” safarda “Al-Fateh”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi gollardan biriga 41 yoshli markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Boykotdan keyin yana maydonga qaytgan portugaliyalik yulduzning o‘yini futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin e’tiborini tortdi.

“Buyuk futbolchi boykotdan so‘ng qaytdi va gol urdi. Faqat gol bilan kifoyalanmay, himoyada ham tinmay ishladi: bir necha bor darvoza oldidan to‘pni uzoqlashtirdi. Go‘yoki bola kabi yuguryapti! Ham qoyil qoldim, ham havas qildim”, — deb yozdi Yelagin ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 19 o‘yinda 18 ta gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yelagin Ronaldu boykotdan keyin qaytdi va gol urdi