Ronaldu qaytdi va darhol gol bilan o'zini ko'rsatdi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytganini gol bilan nishonladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki uchrashuvda maydonga tushmagandi, biroq qaytishi bilan darrov hisobni ochdi: u "Al-Fateh" darvozasini 18-daqiqada ishg'ol qildi. O'yin "Al-Nasr"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan so'ng 41 yoshli forvard ijtimoiy tarmoqlarda: "Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak", deya yozdi.
Ar-Riyod klubi Saudiya ligasi jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va yetakchi "Al-Hilol"dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing