Eddi Hau Gimarays jarohati jamoaga og'ir zarba ekanini aytdi

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Hau markaziy yarim himoyachi Bruno Gimaraysning jarohati yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Qarg'alar” yetakchisi yaqinda «Tottenhem»ga qarshi o'yinda son orqa mushagidan shikast oldi va taxminan ikki oyga safdan chiqdi.
«Unga mo'jizaviy yechim bor deb o'ylamayman. Menimcha, u martdagi xalqaro tanaffus yakunida mashg'ulotlarga qaytadi. Bu biz uchun katta zarba. Mavsumning hal qiluvchi bo'lagi, u juda tushkun», — dedi Hau.
Joriy mavsumda Braziliya terma jamoasi хавбеки barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta assist qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing