date

Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatni esladi

Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatni esladi

«Kairat» himoyachisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yindan keyin raqib futbolchisi Kayu Haverts bilan bo‘lgan qiziqarli suhbat tafsilotlarini aytib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, londonlik yarim himoyachi Martynovichning chehrasini qayerdandir tanigandek bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martynovichning aytishicha, Haverts: «Nimadir seni yuzing menga juda tanish», degan. Shunda Aleksandr avvalroq «Bayer»ga qarshi uchrashuvlarda o‘ynaganini va o‘sha paytda nemis klubidan o‘tib ketishganini eslatib, keyinroq «Chelsi»ga qarshi bahslarda ham Haverts bilan bir necha bor to‘qnash kelganini bildirgan.

Futbolchi o‘z kolleksiyasida Havertsning o‘yin libosi ham borligini qo‘shimcha qildi. Martynovich faoliyati davomida Rossiyada ham to‘p surgan — u «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Kairat» yanvar oxirida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida maydonga tushgandi. Londonda kechgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatni esladi