Elagin Ronaldu boykotdan so'ng maydonga qaytdi va gol urdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida safarda o‘tgan uchrashuvda «Al-Nasr» «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvdagi gollardan birini 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu urdi — u maydonga boykotdan keyin qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan so‘ng futbol sharhlovchisi Aleksandr Elagin portugaliyalik yulduzning o‘yinini alohida e’tirof etdi.
«Buyuk futbolchi boykotdan keyin qaytdi va gol urdi! Shunchaki gol urib qo‘ymadi, himoyada ham faol ishladi, bir necha bor darvozabon maydonchasidan to‘pni chiqarib yubordi. Go‘yo o‘smirdek yuguradi! Ham qoyil qolaman, ham havas qilaman», — deb yozdi Elagin ijtimoiy tarmoqlarda.
Joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida Ronaldu 19 o‘yinda 18 ta gol muallifiga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!