date

Jorje Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldiradi

Jorje Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Yulduzli portugaliyalik hujumchi bo'ykotdan so'ng tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o'yinda ham u tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning aytishicha, tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy buni oldinda turgan «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bilan bog'ladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda ta'kidlanishicha, Ronalduni dam oldirish yangilik emas: u Saudiya Arabistoni tashqarisida o'tadigan o'yinlarda avval ham bir necha bor ishtirok etmagan.

Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jorje Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldiradi