Yelagin Ronaldu boykotdan qaytib yana gol urdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida «Al-Nasr» safarda «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi gollardan birini 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Maydonga boykotdan so'ng qaytgan portugaliyalik yulduzning o'yini futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelaginning ham e'tiborini tortdi. U ijtimoiy tarmoqlardagi postida Ronaldu nafaqat gol urganini, balki himoyada ham faol ishlaganini, jarima maydonida bir necha bor to'pni uzoqlashtirganini ta'kidladi.
Yelagin Ronaldu «yigitlardek yuguryapti» deya hayratini yashirmadi va uning ishtiyoqiga qoyil qolganini yozdi.
Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 19 o'yinda 18 ta gol muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing