date

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning “Boka Huniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirishga ehtiyoj sezayotgani ta’kidlanmoqda. Endi Delgado va Rikelme dueti “Boka”ning transfer va seleksiya masalalarida yechim topishi kerak bo‘ladi.

Delgado futbolchilik faoliyati davomida Argentina terma jamoasi safida ham to‘p surgan: 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng sermahsul to‘purari bo‘lgan — bu ko‘rsatkichni “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi