date

Garri Keyn 21-asrda penaltilar bo'yicha uchinchi bo'ldi

Garri Keyn 21-asrda penaltilar bo'yicha uchinchi bo'ldi

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltini urdi. Angliyalik forvard Bundesligada "Verder"ga qarshi uchrashuvda (3:0) 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirdi. O'sha o'yinning o'zida 32 yoshli futbolchi umumiy hisobda 500-gol marrasiga ham yetib bordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

FIFA World Cup Stats ma'lumotiga ko'ra, Keyn 21-asrda penaltidan 100 ta gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko'rsatkichda undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) oldinda bormoqda.

Garri Keyn 2023 yilda "Tottenhem"dan "Bavariya"ga ko'chib o'tgan. U faoliyatining katta qismini londonliklar safida o'tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn 21-asrda penaltilar bo'yicha uchinchi bo'ldi