Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni Ar-Riyod klubi OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u jamoa qaydnomasidan joy olmaydi.
“Jadval juda tig‘iz. Shuning uchun Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini dam oldirishga qaror qildik. Oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim o‘yin bor”, — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Murabbiy Ronalduning dam olishi yangilik emasligini ham qo‘shimcha qildi: hujumchi Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor ishtirok etmagan.
Saudiya chempionatining “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi shanba kuni, 14-fevralda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!