Pimenov Rossiya termasi raqiblari haqida fikr bildirdi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ruslan Pimenov 2026 yil mart oyida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan BetBoom o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘yicha ehtimoliy raqiblar haqida o‘z fikrini aytdi. Avvalroq rossiyaliklar Mali va Gvatemala terma jamoalariga qarshi maydonga tushishi mumkinligi xabar qilingandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pimenovning ta’kidlashicha, chet el terma jamoalariga qarshi o‘yinlarning har biri foydaga xizmat qiladi. Uning fikricha, raqibning reytingdagi o‘rni yoki egallagan pozitsiyasi muhim emas — imkon bor ekan, o‘ynash va tajriba to‘plash kerak.
Hozirda Mali FIFA reytingida 54-o‘rinda, Gvatemala 94-o‘rinda, Rossiya esa 36-pog‘onada bormoqda. Rossiya terma jamoasi avval bu ikki raqibga qarshi o‘yin o‘tkazmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!