date

Pimenov Rossiya termasiga har qanday o'yin foydali dedi

Pimenov Rossiya termasiga har qanday o'yin foydali dedi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ruslan Pimenov 2026 yil mart oyida o‘tkazilishi kutilayotgan BetBoom o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘yicha ehtimoliy raqiblar haqida fikr bildirdi. Avvalroq rossiyaliklar Mali va Gvatemala bilan maydonga tushishi mumkinligi xabar qilingandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pimenovga ko‘ra, xorijiy terma jamoalarga qarshi o‘yinlarning har biri jamoaga faqat foyda keltiradi. U raqibning reytingi yoki qaysi o‘rinda turgani muhim emasligini ta’kidlab, imkon bor ekan, ko‘proq o‘ynash va tajriba to‘plash zarurligini aytdi.

Hozirda Mali FIFA reytingida 54-o‘rinda, Gvatemala 94-o‘rinda, Rossiya esa 36-pog‘onada qayd etilgan. Rossiya termasi avval bu ikki jamoaga qarshi uchrashuv o‘tkazmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pimenov Rossiya termasiga har qanday o'yin foydali dedi