date

Jezush Ronaldu yaqin uchrashuvda dam olishini aytdi

Jezush Ronaldu yaqin uchrashuvda dam olishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so‘ng yaqin fursatda safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu uchrashuvni ham o‘tkazib yuboradi.

«Jadval juda tig‘iz. Shuning uchun Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin bor», — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Mutaxassis Ronaldu uchun safardagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborish yangilik emasligini ham ta’kidladi: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan bahslarda bu birinchi holat emas.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronaldu yaqin uchrashuvda dam olishini aytdi