date

Yelagin Ronaldu boykotdan keyin yana maydonga qaytdi

Yelagin Ronaldu boykotdan keyin yana maydonga qaytdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida safarda o‘tgan uchrashuvda «Al-Nasr» «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollardan birini 41 yoshli markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu kiritdi — u qisqa tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdan keyin futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin portugaliyalik yulduzning o‘yinini alohida e’tirof etdi.

«Buyuk futbolchi boykotdan keyin qaytdi va gol urdi. Faqat gol urib qo‘ya qolmadi, himoyada ham astoydil ishladi: bir necha bor jarima maydonchasidan to‘pni uzoqlashtirdi. Go‘yo yosh boladek yuguradi! Ham qoyil qolaman, ham havas qilaman», — deb yozdi Yelagin ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 19 o‘yinda 18 ta gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yelagin Ronaldu boykotdan keyin yana maydonga qaytdi