date

Argentina futboli rahbari korruptsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futboli rahbari korruptsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan olib borilayotgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu ishda AFA g'aznachisi Pablo Tovigino ham gumonlanuvchi sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari Tapia va Toviginoga mamlakatni tark etishni taqiqladi.

So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tadi. Tergov AFA tomonidan ijtimoiy to'lovlar bo'yicha davlat g'aznasiga 13 million dollar yetib bormagani haqidagi da'volardan so'ng boshlangan.

Shuningdek, Tapia mulkidagi 10 gektarlik, vertolyot maydonchasi mavjud qo'rg'on ham tekshiruv doirasida shubha ostiga olingan.

Prokuratura futbolchilarga berilgan bonuslar miqdoriga ham alohida e'tibor qaratmoqda: manbalarga ko'ra, bu ko'rsatkich Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan ham past.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina futboli rahbari korruptsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi