Mourinyo Vinisius mojarosidan keyingi tanqidlarga javob berdi

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi bahs atrofidagi shov-shuvdan so'ng tanqidlar nishoniga aylandi. Mutaxassis klubni irqchilikda ayblash noto'g'ri ekanini ta'kidlar ekan, gol urilganidan keyin Vinisius Juniorning bayramona harakatlarini provokatsiya sifatida baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv davomida Vinisius "Benfika" futbolchisi Janluka Prestiannini irqchilikda ayblagani aytilmoqda. Ushbu holat yuzasidan UEFA rasmiy tergovni boshlab yuborgan.
Mourinyoni tanqid qilganlar orasida "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani ham bor. "Men buni izohlashni istamayman. Takrorlayman, bu hamma uchun qiyin bo'ldi — qaysi darajada ekanini ochiqlamayman, ammo hamma uchun oson bo'lmaganini ko'rish mumkin", — deya Mourinyoning so'zlarini O Jogo keltirdi.
"Real" va "Benfika" o'rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!